Siyosat
Davlatimiz rahbari Toshkent aylanma yoʻli boʻyida «boks strit» qurish loyihasi bilan tanishdi.
Yoʻl boʻyida tashkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Unda kechayu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari boʻladi. Ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
Buning uchun 7 gektar yer ajratilishi rejalashtirilgan. Obyektlar tadbirkorlarga elektron-onlayn auksion orqali sotiladi. Ularda 500 dan ortiq ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan.
Prezident Toshkent shahrida harakatlanayotgan elektrobusni ham koʻzdan kechirdi. “Yashil” transport tizimini rivojlantirish, metropolitenning keyingi bosqichlari va tramvay yoʻnalishini belgilash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112127
Jamiyat
94813
Jamiyat
90862
Jamiyat
75657
Jamiyat
//
Izoh yo‘q