“Hech bir boy davlat ertalabdan ming kilo osh tortmaydi. Biz esa kim qancha osh berishi boʻyicha musobaqa oʻynadik” – Prezident mahalla raislariga murojaat qildi

Saqlash
23:44 / 18.02.2022 978 0

Shavkat Mirziyoyev mahalla raislariga murojaat qildi. Bu haqda prezident Sergeli va Yangihayot faollari bilan oʻtkazilayotgan yigʻilishda aytib oʻtdi.

 

“Sizlarga ikkita yordamchi, ikki qanot beryapmiz. Endi esa natija koʻrsatadigan vaqt keldi. Sizlarga aytadigan hozirgi gapimni men gapirmasam, hech kim gapirmaydi. Maʼrakalarga mehmon boʻlib emas, oʻsha xonadonga koʻmakchi boʻlib boringlar”, dedi Prezident.

 

«Ertalab soat 4:00 dan ming kilo osh tortilardi. Hech bir boy davlat ertalabdan ming kilo osh tortmaydi. Biz esa kim qancha osh berishi boʻyicha musobaqa oʻynadik», deya qoʻshimcha qildi davlat rahbari.

 

Prezident mahalla raislariga “koʻpchiligi yosh ekanligini” aytib, “bunaqa paytda ikki karra koʻproq ishlash zarurligini” qoʻshimcha qildi.

 

“Bugun nafaqat mahallalar, balki shaharning har bir tumani masʼullari yangi tizim boʻyicha aniq hisobot beradi. Bir, uch, olti oydan keyin nima boʻladi? Qanday natija koʻrsatamiz, qancha ish oʻrni yaratamiz, aholiga qanday yengillik beramiz? Samarqandda koʻp rahbarlarni ishdan oldim. Bu kabi choralardan keyin hamma oʻziga kerakli xulosani chiqarib olsin. Sergeli va Yangihayot tumanlari aholisi farovonlikni sezishi kerak, chunki yillar davomida bu hududga eʼtibor boʻlmagan”, dedi davlat rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//