Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi Doʻstlik mahallasi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 11 ta koʻp qavatli uy boʻlib, 4 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla hududida kasb-hunar kolleji, maktabgacha taʼlim muassasasi, dorixonalar, doʻkon va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Ilgari bu yer biroz eʼtibordan chetda qolgan edi. Oʻtgan yili “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud obodonlashtirildi. Bolalar oʻyingohi, sport maydonchasi, savdo va kasanachilik doʻkonlari barpo etildi.
Davlatimiz rahbari ushbu bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi bilan suhbatlashdi.
- Xalqimiz mana shunday obod, chiroyli joylarda yashashga munosib. Ishlarni mahallabay tashkil etayotganimizdan maqsad shu. Endi bu yerda muhit, qoʻni-qoʻshnichilik, ahillik ham mustahkam boʻlishi kerak. Milliy qadriyatlarimizdagidek tadbirlar uyushtirish mumkin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Fuqarolar yigʻinining yangi binosida mahalla faollari, nuroniylar bilan muloqot boʻldi.
- Bu - davlatning zamini, - dedi Prezidentimiz. - Mahalla obod boʻlsa, mamlakat obod boʻladi. Koʻrayapsizlar, zamon tahlikali boʻlib turibdi. Qiyinchiliksiz oila boʻlmaganidek, qiyinchiliksiz davlatning oʻzi yoʻq. Biz ham sabr bilan, ilm bilan, mehnat va harakatimiz bilan rejalarimizni amalga oshirayapmiz.
Mamlakatimizdagi yangi tizim asosida Yangihayot tumanidagi 30 ta mahallaga ham hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tayinlangan.
- Ilgari odamlar muammolar boʻyicha hokimiyatga borardi, xatlar yozardi. Endi har bir mahallada Prezidentning vakillari bor. Endi ular xonadonlarni oʻrganib, yordamga muhtoj oilalarga koʻmaklashish, ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish boʻyicha ishlarni yoʻlga qoʻyishlari zarur, - dedi davlatimiz rahbari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q