Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 18–20-fevralga ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 18-fevral kunduz kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha bir kun oldin boshlangan havoning isishi davom etadi. Respublikaning barcha hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo kutilmoqda, kunduzi havo 10-13 darajagacha isiydi. Respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat 19-fevralda Surxondaryo viloyatida, 20-fevralda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir va hoʻl qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
Tungi sovuqlar asta-sekin chekinadi, kunduz kunlari esa koʻproq bahor fasli uchun xos boʻlgan qiymatlargacha isiydi. 20-fevralga kelib, harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kuni esa termometr ustuni 15-17 daraja iliq, janubda 18-20 daraja iliqqacha yetadi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109659
Jamiyat
94043
Jamiyat
89820
Jamiyat
72975
Jamiyat
//
Izoh yo‘q