Siyosat
“Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2022-yilda 10 ta markaziy koʻchalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylari tashkil etiladi. Xususan, Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib va Yakub Kolas koʻchalarida.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrining magistral koʻchalari, jumladan, Keles yoʻli, Ahmad Donish, Bogʻishamol, Buyuk ipak yoʻli, Maxtumquli, Fargʻona yoʻli, Lutfiy, Beshqayragʻoch, Koʻkcha darvoza va Beruniy koʻchalaridagi 11 ta avtobus yoʻnalishida alohida boʻlaklar tashkil etiladi. Bu ishlar 2026-yilga qadar amalga oshiriladi. Joriy yil oxirgi choragida faqat Ahmad Donish koʻchasida alohida yoʻlak ishga tushiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91387
Jamiyat
76047
Jamiyat
//
Izoh yo‘q