Jamiyat
Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga Moʻminov Nasibullo Nabiyevich tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

N.Moʻminov 1983-yilda Andijon tumanida tavallud topgan.
2006-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.Tayinlovga qadar N.Moʻminov Andijon viloyati Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Oʻtkirbek Shukurov esa Xoʻjaobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Oʻtkirbek Shukurov Andijon shahrida tugʻilgan boʻlib, 2013—2017-yillarda sobiq “Kamolot” yoshlar harakati Markaziy Kengashi raisi, 2017—2019-yillarda Yoshlar ittifoqi raisining tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.
Shuningdek, Andijon viloyati Paxtaobod tumaniga Elyorbek Usmonov hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Andijon viloyati Markaziy Banki boshligʻi lavozimida ishlagan.

Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109992
Jamiyat
94292
Jamiyat
90147
Jamiyat
73429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q