Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Unga koʻra, 2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanadi.
Navroʻz umumxalq bayrami Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida oʻtkaziladi. Oʻz navbatida, Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasi alohida dasturlar asosidagi xalq sayillariga mezbonlik qiladi.
Fuqarolarga bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga begʻaraz yordam berish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, qarorda barcha tadbirlar karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q