 
                   
                    Sport
Xabaringiz bor, kecha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.
E’tiborlisi, para dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi. Para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi.
Afsuski, Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar para dzyudochimiz – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus infenksiyasi aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchimiz Shuhrat Boboyev esa bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi.
Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzyudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi.
Erkaklar
-66 kg Uchqun Quronboyev – oltin
-73 kg Feruz Sayidov – oltin
-81 kg Dovurxon Karomatov – kumush
-100 kg Sharif Halilov – bronza
Ayollar
-57 kg Parvina Samandarova – kumush
-63 kg Nafisa Sheripboyeva - bronza
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q