Siyosat
Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yilda bojxona maʼmurchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilmoqda.
Yigʻilishda, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab berildi:
- Olot, Guliston, Termiz va boshqa hududlardagi olis postlarda ishlaydigan xodimlar uchun xizmat uylari barpo etiladi;
- joriy yilda uy-joyga ehtiyoji bor 100 nafar va har yili kamida yana shunchadan xodim imtiyozli ipoteka bilan taʼminlanadi;
- bojxona xodimlari va ularning farzandlari uchun oliy oʻquv yurtlariga kirishda alohida kvota ajratiladi.
Yana bir masala – bugungi kunda bojxona organlarida ayollarning ulushi bor-yoʻgʻi 8 foizni tashkil etadi.
“Sohada adolat, halollik va tartibni joriy qilishni xohlar ekanmiz, tizimga ayol xodimlarni jalb qilish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz shart”, dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan kelgusi ikki yilda ayollar ulushini kamida 2 barobarga oshirish boʻyicha ishlarni hozirdan boshlash vazifasi qoʻyildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q