Tarbiyachilar hokim tomonidan koʻp qavatli uylarning podyezdlarini tozalashga majburlanayotgani aytildi

Saqlash
14:42 / 17.02.2022 819 0

Zarafshon shahrida bogʻcha xodimlari koʻp qavatli uylarning podyezdlarini tozalashga jalb qilindi. Ulardan bu borada suratli hisobot soʻralmoqda. Kun.uzga koʻra, topshiriqni hokim bergani aytilgan.

 

Zarafshon shahar hokimining topshirigʻi bilan hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari majburiy tarzda koʻp qavatli uylarning podyezdlarini tozalashga jalb etilmoqda. Shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi Mavluda Tursunova Telegram guruhda bogʻchalar rahbarlariga hokim shunday topshiriq berganini maʼlum qilgan.

 

 

«Hurmatli direktorlar. Meni hozir hokim chaqirdi, podyezd masalasida qattiq gap eshitdim. Hozirdan nazoratga oling, ertaga har bir MTT 20 tadan rasm tashlashi shart. Bugun 17-sonli MTT bu masalada qattiq tanqidga olindi. Har kuni oʻzingiz boshchiligida ushbu masalani uyushqoqlik bilan tashkil eting. Ertaga (hokim) 11-kichik tumandagi 20- yoki 9-sonli MTTga borishi mumkin. Rahbarga birinchi savol podyezdni yuvdingizmi, deb beriladi. Barcha MTTlarga navbat bilan borildi», – deya taʼkidlagan Mavluda Tursunova oʻz topshirigʻida.

 

Shuningdek, topshiriq davomida shahardagi 17-sonli MTT shuncha gapdan keyin bor-yoʻgʻi 5 ta rasm tashlagani uchun tanqidga olingani (hokim tomonidan) aytiladi.

 

Holat yuzasidan hozircha shahar hokimligi ham, Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi ham rasmiy munosabat bildirmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//