Jamiyat
Prezident qarori bilan Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi.
Harbiy musiqa akademik litseyiga ilmiy-metodik yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Jamoat xavfsizligi universiteti biriktirildi.
Harbiy musiqa akademik litseyida:
istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta taʼlim sinflari saqlab qolinadi;
oʻquvchilar bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
1−2-bosqich oʻquvchilari Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlangan bepul kiyim-bosh bilan taʼminlanadi;
oʻqitish “Damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi;
bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, orkestr artisti malaka darajasi hamda koʻkrak nishoni beriladi.
Harbiy-musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat OTMga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar boʻyicha) miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q