Oʻzbekistonda aholiga 350 ming bosh qoʻy va echki tarqatiladi

Saqlash
21:21 / 16.02.2022 1279 1

Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim oʻrin tutgan soha - chorvachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash, sohada ilgʻor texnologiyalarni keng qoʻllash orqali goʻsht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Yigʻilishda oʻn kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qoʻy va echkini tarqatish ishlarini boshlashga topshiriq berildi. Bunga 100 million dollar yoʻnaltiriladi.

 

Soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qoʻy va echkichilik xoʻjaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qoʻyildi.

 

Viloyat hokimlari 2022-yilda qorakoʻlchilik, qoʻychilik, echkichilik va jun sanoatini rivojlantirish hisobiga 150 ming aholi bandligini taʼminlashi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Yil yakuniga qadar 123 ta yirik loyihani ishga tushirish, har bir klasterda kamida 500 boshli chorva komplekslari tashkil etilish choralari belgilab olindi.

 

Bunda, 500 gektar maydonda ozuqa ekinlarini almashlab ekishni yoʻlga qoʻygan, 2021-yilda 1 ming boshga ega yirik chorvachilik kompleksini ishga tushirib, 2022-yil yakuniga qadar 400 tonna goʻsht va 1,5 ming tonna sut ishlab chiqarishni rejalashtirgan Gurlandagi «Gurlan Baraka teks» klasteri namuna sifatida aytildi.

1 Izoh

Basirdin

12:01 / 01.01.1970

U asosan kimlarga beriladi aholiga tarqatiladimi?

Izoh qoldirish

//