Jamiyat
Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ilmiy-ekspert kengashida maʼqullandi. Bu haqida Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Madaniy meros agentligida oʻtkazilgan ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi majlisida Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi muhokama qilinib xulosa taqdim etilgan. Unga koʻra, kengash loyihaga obyektning tarixiy va badiiy qiymatiga taʼsir koʻrsatmagan holda taʼmirlashga ruxsat bergan.
Shuningdek, “MIMAR GROUP MCHJ” tomonidan taqdim qilingan loyihada aholiga qulaylik yaratish maqsadida piyoda va velosport yoʻlaklari, oʻyin maydonchalari ham barpo etiladi. Bunda koʻkalamzorlashtirish va daraxtlarni asrab-avaylash, yashil hududni kengaytirish ham koʻzda tutiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q