Jamiyat
Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 1 474 MVt boʻlgan 7 ta yangi elektr stansiya, shundan 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) ishga tushiriladi. Bu haqida Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt boʻlgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirilgan. Aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. Buning natijasida Oʻzbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVtdan oshadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91371
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q