Jamiyat
Chilonzor tuman hokimligi Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi mas’ullari bilan kengashgan holda ayni kunlarda qurilish ishlari davom etayotgan Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bog‘idan videoreportaj tayyorladi.
Mas’ul xodimlarning ma’lum qilishicha, istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun 4 mln AQSH dollari hajmida investisiya kiritilgan. Qayta ta’mirlash davomida bog‘dagi barcha attraksionlar yangilanadi, xorijiy davlatlardan olinayotgan attraksionlarning 90% i O‘zbekistonga yetkazilgan.
Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bog‘i 2022-yil yoz faslida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Parkda 400 dan ortiq ish joyi yaratiladi, kuniga 10 mingta odam hordiq chiqarishi mumkin. Shuningdek, ayni vaqtgacha bog‘ hududidagi daraxtlarning birortasi kesilmagani aytildi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q