Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish davom etmoqda.
Prezident yigʻilishda yana bir masala — jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli oʻrin egallayotganini taʼkidladi.
“Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak”, — dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmogʻini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirildi. Bunda:
● elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;
● elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boshlash yuzasidan koʻrsatma berildi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111642
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75138
Jamiyat
//
Izoh yo‘q