Jamiyat
2001–2010-yillarda Surxondaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan Roʻzigul Safarova asossiz hibsga olingandan keyin 12 yil oʻtib avvalgi ishiga tiklangani xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 2010-yil Roʻzigul Safarova qoʻmita raisi boʻlib ishlab turgan vaqtida asossiz hibsga olingan va jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, bir yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etilgan.
3 yildan soʻng Jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining ajrimi bilan ozodlikka chiqqan. 2020-yilda Qashqadaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmagani sababli oqlangan, lekin nohaq qamalgan boʻlsada, oʻz vazifasiga tiklanmagan.
2021-yil 11-noyabr kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Termiz tumanlararo sudi Roʻzigul Safarovani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga ishga tiklash haqida hal qiluv qarorini chiqargan.
Shundan soʻng Roʻzigul Safarova 2022-yil 1-fevraldan avvalgi ish joyi – Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga qayta tayinlangan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q