Oʻzbekistonda birinchi qurilgan GES Xitoy kompaniyasi tomonidan modernizatsiya qilinmoqda

Saqlash
23:00 / 14.02.2022 985 0

Oʻzbekistonda tarixiy jihatdan eng birinchi bunyod etilgan GES-1da modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

 

Boʻzsuv GES-1 Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan. Uning qurilishi 1923-yilda boshlangan boʻlib, asosan xalq hashari yoʻli bilan bunyod etilgan. Toʻgʻon 94 sutka mobaynida, GES binosi va gidroinshootning asosiy qismi esa 9 oy davomida qurilgan. Boʻzsuv GES 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan boʻlib, quvvati 4 ming kVt.soat ga teng boʻlgan.

 

Ayni vaqtda modernizatsiya ishlari Xitoy Xalq Respublikasining China National Technical Import and Export Corporation “CNTIC” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Taʼmirlash joriy yilda tugallanishi rejalashtirilgan boʻlib, natijada yillik oʻrtacha ishlab chiqarish quvvati 44,4 mln. kVt.soatni tashkil etadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//