“Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati – vatanparvarlik namunasi” mavzusida tadbir oʻtkazildi

Saqlash
22:37 / 14.02.2022 1268 0

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda bir qancha hamkor tashkilotlar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati – vatanparvarlik namunasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 

 

Unda hamkor tashkilotlar masʼullari, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar, kursantlar, oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni tantanali saf yurishi chiqishlari, jumladan, Jamoat xavfsizligi universiteti tarixiy kiyimdagi otliq guruhi, Karabin guruhi, Saf guruhi, tarixiy kiyimdagi askarlar guruhi va orkestr jamoasi oʻz chiqishlari bilan boshlab berdi. Adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi xususida fikr yuritib, uning Vatanga boʻlgan muhabbati, buyuk fazilatlari, asarlarining adabiyotimizda tutgan oʻrni, shaxs maʼnaviyatini yuksaltirishdagi beqiyos ahamiyati haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

 

Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi oʻzbek milliy musiqa va sanʼat instituti professori, Oʻzbekiston xalq hofizi Erkin Roʻzmatovning Bobur gʻazallari bilan aytilgan qoʻshiqlari, kursantlar tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, oʻquvchilarning badiiy chiqishlari oʻzgacha zavq bagʻishladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//