Siyosat
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabidagi uzrbozlik ortidan tuman hokimi oʻrinbosari ishdan olindi. Hokimga esa hayfsan berildi.
Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov hokimlik soatida Marhamat tumanidagi holatga alohida toʻxtalib, Marhamat tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Muxtor Qurbonov ishdan olinganini, tuman hokimi Bobur Yoʻldoshevga hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanib, olti oy davomida hech qanday ragʻbat pullari berilmasligini maʼlum qilgan.
“Viloyat rahbari tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri ishi boʻyicha Xalq taʼlimi vaziri shugʻullanayotganini, mudirga qanday chora koʻrilishini vazirlik hal etishini aytib, barcha shahar va tuman hokimlariga bunday holat qayta takrorlanmasligi lozimligini uqtirdi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilning 8-fevral kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabda oʻqituvchilar oʻquvchilarning oʻzlashtirishi qoniqarsizligi sabab ota-onalardan uzr soʻragani aytilgan xabar eʼlon qilindi. Shuhrat Abdurahmonov ham ushbu holatga munosabat bildirib, “xatoga yoʻl qoʻygan har qanday rahbarga qonunda belgilangan jazo choralarini koʻrilishini taʼminlanishini” taʼkidlagan edi. Soʻngra viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi va Marhamat tumani hokimi oʻqituvchilardan uzr soʻradi. XTVning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan oʻrganish natijalariga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan. 12-fevral kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov tumandagi uzr soʻrashga majburlangan oʻqituvchilar bilan uchrashgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q