Iqtisod
Adliya vazirligi tizimidagi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikadagi 9 758 ta davlat oʻrta taʼlim maktablaridagi kadrlar xizmati xodimlariga oylik maosh toʻlash amaliyoti oʻrganilganda past razryad boʻyicha ish haqi toʻlanish holatlari aniqlangan. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻrganish oʻtkazilgan maktablarda 9 787 ta kadrlar xizmati xodimlari shtat birliklari mavjud boʻlib, ularda 9 937 nafar (0,5 stavka ham qoʻshib hisoblaganda) xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu xodimlarning 911 nafari oliy maʼlumotli, 9 026 nafari oliy maʼlumotga ega boʻlmagan mutaxassislar boʻlgan.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, oliy maʼlumotli xodimlarning lavozim razryadlari – 7-razryad, oliy maʼlumotli boʻlmagan xodimlarning lavozim razryadlari – 6-razryad etib belgilangan. Biroq aksariyat tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan maktablardagi kadrlar boʻlimi xodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari past hisoblangan.
Xususan, 160 ta holatda 2-razryad, 1 353 ta holatda 3-razryad, 48 ta holatda 4-razryad, 4 000 ta holatda 5-razryad, 4 160 ta holatda 6-razryad va 216 ta holatda 7-razryad etib belgilangan.
Qonunchilik talablariga zid ravishda razryadlarning asossiz pasaytirilishi natijasida jami 16 mlrd soʻmga oylik maoshlar kam toʻlangan.
Xabarda hududiy adliya organlari tomonidan sudlarga tegishli daʼvo arizalari kiritilib, ayni vaqtgacha xodimlarga 3 mlrd soʻm toʻlab berilgani va qolgan qismini ham undirish choralari koʻrilayotgani aytilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q