Jamiyat
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ochiq maydonlarda nishonlashni ma’qulladi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi.
Qayd etilishicha, Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q