Hafta boshida Oʻzbekistonda qor yogʻishi kutilmoqda

Saqlash
20:30 / 13.02.2022 846 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi erataga,14-fevral kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (qor, yomgʻir) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq va kunduzi 2-4° iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpogʻistonda 25-28 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Ustyurtda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (qor, yomgʻir) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Navoiy viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 1-6° iliq; choʻl hududlarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (qor, yomgʻir) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Jizzax viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (qor, yomgʻir) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Surxondaryo viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (qor, yomgʻir) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-toʻzon, Fargʻona viloyatida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//