Jamiyat
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 3 qavatli «Ziteriya» MCHJ Diagnostika va davolash maskanida 11-fevral kuni portlash sodir boʻldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, hodisa soat 11:30 da "Qorakoʻrpa" MFYdagi tibbiyot punktida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sabab sodir boʻlgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetgan. Hodisa oqibatida, bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, toʻrt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112186
Jamiyat
94871
Jamiyat
90948
Jamiyat
75726
Jamiyat
//
Izoh yo‘q