Yoʻllarda har yili oʻnlab odamlar halok boʻlmoqda – Prezident

Saqlash
17:21 / 11.02.2022 1200 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Xavfsiz va ravon yoʻl” tamoyili asosida yoʻllarda inson xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

“Mamlakatimizda 2021-yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. Eng achinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok boʻlgani katta fojiadir”, dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida.

 

Oʻlim bilan bogʻliq avariyalar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.

 

Masalan, Popdan Toʻraqoʻrgʻongacha boʻlgan 4R-112 yoʻlining 88-kilometri, “Termiz-Dushanbe” (M-41) xalqaro yoʻlining Jarqoʻrgʻon-Denov qismi (80-kilometri), A-373-yoʻlining Yozyovon tumanidan oʻtgan 352-kilometri, Samarqand-Gʻuzor yoʻlining (A-378) 85-kilometrida har yili oʻnlab odamlar halok boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//