Avtomobilni ijara berish tartibi soddalashtirildi

Saqlash
16:14 / 11.02.2022 792 0

Prezident “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.

 

Unga koʻra, endilikda avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda, elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega buladi. Qoʻshimcha FKning 565-moddasiga kiritildi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasining birinchi qismi oltinchi xatboshi bilan toʻldirildi. Endilikda, SSP xoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlari mustasno.

 

Shuningdek, SKning 483-moddasida belgilangan vaqtinchalik soliq imtiyozlarining muddati uzaytirildi. Agar ilgari QQS boʻyicha imtiyoz 2021-yil 1-maydan 31-dekabrgacha taqdim etilgan boʻlsa, endi bu muddat 2021-yil 1-maydan 2022-yil 30-aprelgacha belgilandi. SKning 483-moddasi 10-qismida nazarda tutilgan imtiyoz ham 2022-yil 30-aprelgacha uzaytirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//