Jamiyat
Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova nomiga Toshkent shahrida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan A. ismli bolaga B. ismli (erkak) tarbiyachi kuch ishlatib, jismoniy tazyiq oʻtkazayotgani haqida maʼlumot kelib tushgan.
Holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazilganda, tarbiyalanuvchi A.ning oʻng tirsak sohasi lat yeb, koʻkargani maʼlum boʻlgan. Tarbiyachi oldin ham bir necha marotaba tarbiyalanuvchi tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Biroq, u qoʻrquv ostida ushbu holatlar haqida hech kimga murojaat qilmagan.
Shuningdek, tarbiyalanuvchi A. navbatchi hamshiraning oldiga tushib, oʻng koʻlining lat yeb, koʻkargan tirsak qismiga surtma dori surdirganlik holati “Ambulator jurnali”da qayd etilmagan.
Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga xabar berilib, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tan jarohati yetkazilganligiga huquqiy baho berilishi soʻralgan.
Shu bilan birga, kelgusida A.ga nisbatan boʻlishi mumkin boʻlgan turli xil tazyiq va boshqacha taʼsirlarning oldini olish maqsadida navbatchi tarbiyachini mehnat qonunchiligiga muvofiq vaqtinchalik ishdan chetlatish masalasi koʻrib chiqilishi uchun Xalq taʼlimi vazirligiga xat kiritilgan.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q