Jamiyat
AeroVironment oʻzining RQ-20B Puma 3 AE kichik razvedkachi samolyotini Foreign Military Sales dasturi doirasida Oʻzbekistonga taqdim etadi, deya xabar berdi Shephard nashri.
Taʼkidlanishicha, uchuvchisiz samolyot AQSH armiyasi pudrat qoʻmondonligi tomonidan Oʻzbekistonga 8,54 million dollarlik kelishuv boʻyicha 2022-yil 30-noyabrgacha yetkaziladi.
Samolyotlarning bir donasi 225 000 dollarga baholangan. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston ushbu samolyotlardan 38 taga yaqinini sotib olishi mumkin.
Uchuvchisiz samolyot real vaqtda tasvirlar orqali quruqlik yoki dengizdan razvedka hamda maqsadli maʼlumotlarni taqdim etadi. Samolyot AeroVironment tomonidan Mantis i45 AE Gimbal tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u 50x zoom (tasvirni yaqinlashtirish), IR imkoniyatlari va yuqori quvvatli yoritgichga ega ikkita 15 megapikselli kamerani oʻz ichiga oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
112461
Jamiyat
95126
Jamiyat
91387
Jamiyat
76048
Jamiyat
//
Izoh yo‘q