Afg‘onistonlik ayollar va bolalarni yolg‘iz qoldirmang!

Saqlash
23:35 / 27.08.2021 1844 0

 

Afg‘on adibasi dunyo yozuvchilariga murojaat  yo‘lladi

"Salom, do‘stlar. Mening ismim Homayra Qaderi va navbatdagi "Masjiddagi raqs" kitobining muallifiman: unda afg‘onistonlik onaning o‘g‘liga maktubi aks etgan. Men sizlardan ba’zilaringiz bilan Xalqaro Yozuvchilar Dasturida tanishganman, boshqa birlaringizni esa yozgan asarlaringiz orqali bilaman. 

Men qonli kunlarda Kobulda yashayapman, u yerda men yozuvchi, ayol va ona sifatida o‘z xalqimni toliblar otib tashlayotganini ko‘rayapman. Biz urush qopqonida qolib ketdik, qaysiki, unga juda mahkam bog‘langanmiz: Terrorizmga qarshi global kurashdagi vositachilik urushlari, ehtimol, qo‘shni davlatlar tomonidan ilgari surilgan vositachilik urushidir bular. 1995 yilda Tolibon hokimiyat tepasiga kelgach, Afg‘onistonda fuqarolar urushi boshlandi, shundan keyin toliblar o‘zlarining qattiqqo‘l va eskirgan qonunlarini qabul qilish orqali, xalqning ruhini sindirdilar. Dunyo esa bizning taqdirimizga befarq qaray boshladi, chunki bu hali fuqarolar urushi edi. Ammo 11 sentyabr voqealari ko‘rsatdiki, Tolibonning terror harakati butun dunyo uchun xavfning uyasidir.

Aytmoqchi edimki, terrorchilikka qarshi kurash faqat afg‘onlargagina tegishli bo‘lib qolmaydi. Bu butun dunyo xalqlari olib borishi kerak bo‘lgan urushdir. Agar bu urushda Afg‘oniston mag‘lub bo‘lsa, bilingki, butun dunyo odamlarining hayoti xavf ostida qoladi.

Urushda har kimning o‘z quroli bo‘ladi. Meniki esa qalamdir. Men ayni paytda o‘z qalamimda yozar ekanman, dunyo yozuvchilaridan, mening qalamim bo‘lishingizni so‘rayman. Bizning bolalarimiz shu kunlarda tuproq yo‘llarda uxlayaptilar, ayollarimizning ko‘chalarda ko‘zlari yoriyapti, qariyalar va ayollar hech qayerga qochib qutula olmaydilar, shuning uchun ham o‘z uylarida o‘lishni afzal biladilar, yoki ular minglab qochqinlar bilan ko‘chalarda o‘ralashmoqdalar. Falokat o‘zining avj cho‘qqisiga yetdi. Biz qiynoqli oxiratga yaqinmiz, juda yaqin turibmiz.

O‘tinchim, ommaviy axborot vositalarida ushbu fojialar haqida chiqishlar qiling. Afg‘onistonlik ayollar va bolalarni yolg‘iz qoldirmang!

Bu insoniy fojiani unutmang. O‘tinaman.

Homayra Qaderi

Kobul, Afg‘oniston”.

Go‘zal Begim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//