O‘z kelajaging uchun ovoz ber!

Saqlash
16:08 / 27.08.2021 916 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Saylov2021: o‘z kelajaging uchun ovoz ber!” mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva keyingi besh yilda xalqimiz hayotida, milliy saylov qonunchiligida  yuz bergan o‘zgarishlarni nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

Termiz shahar prokurori o‘rinbosari Do‘stmuhammad Berdimurodov, Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Abdusalim Jabborov prezidentlik saylovini xalqaro standart va prinsiplar asosida tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanini aytib, ushbu muhim siyosiy jarayonning huquqiy asoslari hamda saylovni o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyati haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Aytish joizki, bunday tadbirlar fuqarolarning eng muhim huquqlaridan biri bo‘lgan saylash va saylanish borasida zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bo‘lajak saylovda aholining faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Gulrang UBAYEVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish