Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga safarini Karmana tumanidan boshladi. Davlatimiz rahbari bu yerda barpo etilgan yangi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish marosimida nutq so‘zlamoqda:
Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida sizlar bilan birga muhim bir tadbirda yig‘ilib turibmiz.
Bugun Karmana tumanida “yashil energetika”ga o‘tish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lmish quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda.
Barchangizni ana shu quvonchli voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Avvalo, ushbu loyiha doirasida qisqa muddatda – bir yarim yil ichida katta hajmdagi ishlar bajarilganini ta’kidlash lozim.
Xususan, 110 million dollar investisiyalar o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatilgani chindan ham sanoatimiz tarixida juda katta voqeadir.
Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q