Iqtisod
Oʻzbekistonda 2021-yilda ajratilgan ipoteka kreditlari asosida uylarning hududlar boʻyicha oʻrtacha narxlari tahlil qilindi.
Unga koʻra xonadonlarning oʻrtacha eng baland narxi Toshkent shahrida — 381,9 mln soʻm. Andijon (280,1 mln soʻm), Samarqand (275,3 mln soʻm) va Surxondaryo (274,3 mln soʻm) viloyatlarida ham ipoteka uylarining narxi biroz balandroq.
Oʻrtacha eng past narxga ega xonadonlar Xorazmga tegishli boʻlib qolmoqda — 218,6 mln soʻm.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi (226,4 mln soʻm), Qashqadaryo (227,3 mln soʻm) va Buxoro (229,1 mln soʻm) viloyatlarida ham ipoteka uylarining narxi nisbatan pastroq.
Qayerda ipoteka kreditlari koʻproq olingan?
2021-yilda ipoteka kreditlarining (60,2%) yarmidan koʻpi beshta mintaqaga toʻgʻri keldi:
Aholining qaysi qismi tomonidan koʻproq ipoteka kreditlari olingan?
2021-yilda mijozlarning yarimidan koʻpi — 31 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan fuqarolar (69 foiz) tashkil qildi. Ikkinchi oʻrinda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan fuqarolar (24 foiz) boʻlsa, uchinchi oʻrinni esa 50 yoshdan oshgan oʻzbekistonliklar tashkil qilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q