
Iqtisod
2021-yilda oziq-ovqat mahsulotlar importi 2,2 mlrd. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25 % yoki 441 mln. dollarga oshgan. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi. Mahsulotlar asosan Qozogʻiston ($ 881 mln.), Rossiya ($ 747 mln.), Belorussiya ($ 105 mln.), Ukraina ($ 59 mln.), Turkiya ($ 45 mln.) davlatlaridan import qilingan.
Shuningdek, 2022-2026-yillarda Davlat investitsiya dasturi doirasida qator ishlar amalga oshiriladi. Xususan, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 3 ta yirik agrologistika markazlarini ishga tushirish orqali qayta ishlash quvvatlari qoʻshimcha 2 mln. tonnada ortadi. Jami quvvatlar esa 2,9 mln. tonnaga yetkaziladi.
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan 8,7 ming gektar maydondagi kam samarador anʼanaviy bogʻlar oʻrnida intensiv bogʻlar tashkil etiladi.
Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Fargʻona vodiysining salqin togʻli hududlarida tashkil etiladigan sunʼiy suv havzalarida, noanʼanaviy baliq turlarini yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q