Jamiyat
“Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
bir tovar bozorida 5 ta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi;
davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
2022-yil 1-apreldan:
Ochiq maʼlumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda koʻrish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, koʻchmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa maʼlumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan maʼlumotlar mustasno) eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi.
davlat muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi koʻrsatiladi;
xoʻjalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlariga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.
Qarorga koʻra, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi BHMning 100 ming baravaridan ortiq boʻlgan davlat muassasalari 2022-yil 1-martdan 2023-yil 1-avgustgacha eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini oʻrganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan oʻtkaziladi.
Prezident va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xoʻjalik jamiyatlarini taʼsis qilish hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etish taqiqlanadi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q