Jamiyat
Oʻzbekiston parlamenti Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi.
Qozogʻiston Prezidentining taʼkidlashicha, “Oʻzbekiston Qozogʻiston uchun qardosh davlat va ishonchli hamkordir, shuning uchun biz munosabatlarimizni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz. Bizning ittifoqchilik munosabatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va madaniy sohalar kabi keng qamrovga ega”.
Toqayev Qozogʻiston-Oʻzbekiston hamkorligini ittifoqchilik darajasiga olib chiqish imkonini bergan Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yilning dekabr oyida Qozogʻistonga davlat tashrifi yakunlarini ham yuqori baholadi.
Oʻz navbatida N.Ismoilov Q.Toqayevga uchrashish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklari va iliq salomlarini yetkazdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111923
Jamiyat
94695
Jamiyat
90696
Jamiyat
75430
Jamiyat
//
Izoh yo‘q