
Jamiyat
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, taʼlim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish javobgarlikka sabab boʻladi.
Bunday huquqbuzarlik uchun:
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 350 ming soʻmdan 1 mln 890 ming soʻmgacha);
mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha) jarima qoʻllaniladi.
Shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:
fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha);
mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 50 ming soʻmgacha) jarima qoʻllanishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q