Prezident ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash borasidagi rejalarni ma'lum qildi

Saqlash
00:18 / 09.02.2022 1043 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalalari yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda kelgusi besh yilda sohaga 40 trln soʻm investitsiya jalb qilinishi maʼlum qilindi.

 

Shuningdek, ichimlik suvi taʼminoti 90 foiz, oqova suv tizimi qamrovi 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Taʼkidlanishicha, joriy yilda ushbu maqsadlar uchun 2 trln soʻm byudjetdan ajratiladi, 245 mln dollar jalb etiladi.

 

“Asosiy eʼtiborni suv taʼminoti va sifati past hududlarni rivojlantirishga qaratamiz”, deydi Prezident.

 

Yigʻilishda bu borada qoʻllanishi kerak boʻlgan 3 ta tajriba koʻrsatib oʻtilgan:

 

- Namangan viloyatining 85 ta mahallasi uchun mahalliy byudjet hisobidan 260 km tarmoq tortib, 8 ta quduq qazib, 8 ta suv minorasi qurilgan. Natijada 25 ming aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

 

- Baliqchi, Pop, Uchqoʻrgʻon, Qoʻshtepa va Quvaning 6 ta mahallasida vazirlikning ijtimoiy buyurtmasi asosida 7 ta suv inshooti va 117 km tarmoq qurilib, 20 mingdan ortiq aholi ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.

 

- yuqoridagi imkoniyatlar boʻlmagan mahallalarda tashib kelinadigan suv hisobiga 25-50 tonnalik markaziy suv hovuzi qurib, xonadonlarga tarmoq oʻtkazsa boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//