Jamiyat
“O‘zgidromet” 18–23-aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi borligidan ogohlantirdi.
Ma’lumot berilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
– Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
– Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
– Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
– Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
– Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
– Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
– Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
– Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
– Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112320
Jamiyat
94992
Jamiyat
91116
Jamiyat
75881
Jamiyat
//
Izoh yo‘q