Jamiyat
Qayd etilishicha, shanba va yakshanba kunlari faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzgi harorat +20…+25, janubda esa +26…+28 darajaga ko‘tariladi. 19-aprelda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha shamol esishi kutilmoqda, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida 17−19-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda dam olish kunlari davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Juma kuni harorat +14…+16, shanba kuni +19…+21 va yakshanba kuni +21…+23 daraja bo‘ladi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112447
Jamiyat
95112
Jamiyat
91341
Jamiyat
76031
Jamiyat
//
Izoh yo‘q