Iqtisod
Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi – “soʻm”ning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik oʻrtasida tanilishini taʼminlash maqsadida Markaziy bank tomonidan milliy valyuta “Soʻm ramzi”ni yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilmoqda.
Tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda oʻziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.
Ishtirok etish uchun, 2022-yil 31-martga qadar ariza, oʻz gʻoyangiz tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tanlov@cbu.uz elektron manziliga yuborishingiz lozim.
Gʻolibga Markaziy bank tomonidan pul mukofoti taqdim etiladi.
Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q