Jamiyat
2021-2022-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, yaʼni, chet tili boʻyicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada oʻtkaziladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Test sinovlari:
1-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.
Bunda talabgorlarga roʻyxatdan oʻtish vaqtida oʻzlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirigʻi beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari soʻraladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q