Jamiyat
Maʼlumki, 2022-yil 7-fevraldan boshlab barcha taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkazilmoqda.
Hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning joylashishi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan toʻliq nazoratga olingan. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan taʼlim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylarida jadval asosida tyutorlar jamoasidan iborat 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan.
Bundan tashqari, talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish sektori tomonidan ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Bugungi kunga kelib, hududlardan 36 738 nafar talaba Toshkent shahriga yetib kelgan. Ularning 10 032 nafari oliy taʼlim muassasalaridagi talabalar turar joylariga, 18 204 nafari ijara xonadonlariga, 8 502 nafari yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q