Jamiyat
Oʻzbekiston oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Samarqandda tashkil etilgan oʻquv seminarda maʼlum qilinishicha, bugungi kunda qishloq xoʻjaligi oʻsimliklariga turli kasalliklar bilan birga hashoratlar ham xavf solmoqda.
Birgina 2021-yilda chigirtka tarqalgan 25 ming 155 gektar maydonga kimyoviy ishlov berishga toʻgʻri kelgan. “Joriy yilda esa viloyat hududida 31 ming gektar maydonda chigirtka tarqalishi xavfi borligi bashorat qilinmoqda va albatta, bunga qarshi kurashish choralari ham belgilangan”, – deydi agentlikning chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi Bahodir Hudoyqulov.
Dunyo boʻyicha chigirtkaning 1800 dan ortiq oilasi, 10 mingga yaqin turi aniqlangan. MDH mamlakatlarida esa bu hashoratning 500 dan ortiq, Oʻzbekistonda 200 ta turi aniqlangan boʻlib, shulardan 10-12 ta turi qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklariga xavf tugʻdiradi. Agar chigirtkalar yoppasiga yopirilsa yuz gektarlab maydonlardagi ekinlarni juda oz muddatda kemirib yoʻq qiladi. Seminarda ayni vaqtda bu ofatga qarshi samarali kurashish choralari koʻrilayotgani bildirilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q