30-avgustidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

Saqlash
17:06 / 26.08.2021 1046 0

 

Shu kunlarda Toshkentga 20 ta yangi va zamonaviy metro vagonlari keladi, ulardan 5ta metropoezd shakllantiriladi, yil yakuniga qadar esa, shu turdagi yana 20 ta vagon keltirilishi kutilmoqda, deb yozmoqda yuz.uz nashri.

Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari va talabalarda yangi o‘quv yili boshlanishi, metropolitenda yo‘lovchilar soni yanada o‘sishi, yo‘lovchilarning ko‘plab murojaatlari inobatga olinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan, joriy yilning 30 avgustidan boshlab poezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi. Ya’ni:

Chilonzor va Sergeli yo‘nalishlarida ertalabki soat 07:30dan 09:00gacha poezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30dan 19:00gacha – 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

O‘zbekiston yo‘nalishida ertalabki soat 07:30dan 09:00gacha poezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30dan 19:00gacha – 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;

Yunusobod yo‘nalishi ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqada oralig‘i bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poezdlar qatnovi har 7 daqiqada tashkil etiladi.

Shuningdek, joriy yilning 30 avgustidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunga qadar, Yunusobod va Halqa yer usti yo‘nalishlari soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//