Yakuniy imtihonlardan yiqilgan talabalar universitet hisobiga 300 mln soʻmdan ortiq pul toʻlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Saqlash
18:06 / 04.02.2022 1953 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yakuniy imtihonlardan modul tizimidagi xato sabab koʻplab talabalar yiqilayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Universitet axborot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, universitetda oʻquv jarayoni va nazoratlarni tashkil etish uchun “lms.tuit.uz” tizimi joriy etilgan boʻlib, bunda inson omili ishtirok etmaydi. Ushbu tizim 4 yil davomida universitetda toʻlaqonli sinovdan oʻtgan va bunday holatlar kuzatilmagan.

 

Taʼkidlanishicha, ayni vaqtda yakuniylar hamon davom ettirilmoqda. Qayta oʻqish uchun toʻlov qiymatlariga nazorat ishlari va appelyatsiya natijalari tugallangandan soʻng aniqlik kiritiladi. Bunda fanlardan qayta oʻqish uchun toʻlov miqdori talabaning bir yillik toʻlov shartnoma miqdorining 1 kreditga (1 kredit toʻlov miqdori kontrakt miqdorini 60ga boʻlingan nisbati) nisbatidan va fanga ajratilgan kredit miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

 

“Shu bois «talabalar bugun boʻlib oʻtgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln soʻmdan ortiq pul toʻlashi mumkinligi” haqidagi fikrlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi», deyiladi xabarda.
 

Shuningdek, universitetda tasdiqlangan oʻquv jadvaliga koʻra, 2022-yil 2-fevral kuni soat 11:00da 2-bosqich talabalariga “Diskret tuzilmalar” fanidan onlayn rejimda 1400 nafarga yaqin talabalarga yakuniy nazorat ishi oʻtkazilgan. Ishtirok etganlardan 50 foiz talaba baholash mezonlarida belgilangan oʻtish ballarini toʻplab muvaffaqiyatli oʻtgan. Qolgan talabalar orasidan 72 nafarida esa “lms.tuit.uz” tizimida kuzatilgan qisqa texnik nosozlik sababli savollar variantlarini generatsiyalash jarayonida buzilish yuz bergan. Mavjud texnik nosozlikni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan universitetning telegram tarmogʻidagi rasmiy kanallari orqali maʼlum qilingan. Va mazkur holat boʻyicha murojaat qilgan talabalar uchun qayta yakuniy nazorat olinadi

 

«Shuni ham eslatib oʻtamizki, yakuniy nazoratlarda tushgan savollarga eʼtiroz bildirgan talabalarga “lms.tuit.uz” tizimida apellyatsiya tartibida qayta koʻrish uchun ariza berish imkoniyati yaratilgan.


Apellyatsiya jarayonlari 2-bosqich talabalari uchun barcha imtihonlar yakunlangandan soʻng oʻtkazilishi haqida universitet rasmiy kanalida ham xabar berilgan», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//