“Turkiy adabiyot xazinasidan” 100 jildlik asarlar majmuasi nashr qilinadi

Saqlash
11:09 / 04.02.2022 1272 0

Kecha, 3-fevral kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yangi tarkibdagi Tarjima ijodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni uyushma raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nodir Jonuzoq olib bordi.

 

Unda Tarjima kengashining 2022-yilda bajarishi ko‘zda tutilgan vazifalari muhokama etildi. Tarjima kengashiga adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov rais qilib tayinladi. Kengash a’zolari safiga Adhambek Alimbekov, Humoyun Akbar, Begoyim Xolbekova, Nodira Ibrohimova, Gulnoz Mamarasulova qabul qilindi.

Yig‘ilishda joriy yilda nashr etilishi nazarda tutilgan “Turkiy adabiyot xazinasidan” 100 jildlik asarlar majmuasi ustidagi ishlarni jadallashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Majmuani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh a’zolari Boboxon Muhammad Sharif, Bahodir Karim, Tursinali Ahmedov, Adhambek Alimbekov majmuaga kiritiladigan tarjimalarning saviyasi yuksak bo‘lishiga alohida e’tibor berilishini ta’kidladi.

 

100 jildlikka ilgari nashr etilgan eng yaxshi tarjimalar ham tanlab olingan. Ular orasida Gʻafur Gʻulom, Mirtemir, Ilyos Muslim, Mirzakalon Ismoiliy, Shoislom Shomuhamedov, Miad Hakimov, Tursunboy Adashboyev, Usmon Qo‘chqor, Fayzi Shohismoil kabi ustoz ijodkorlarning tarjimalari bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//