Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, Madaniyat vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi asosida har yili teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga, kompozitorlar va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asar yaratishga, kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi audiovizual asarga, kamida 150 ta eng yaxshi milliy qoʻshiqni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga davlat buyurtmalari beriladi. Shuningdek, keng ommalashgan 20 ta audiovizual asar ijodkorlari Madaniyat vazirligi hayʼatining qarori bilan tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q