Jamiyat
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Yangi asr avlodi” MCHJning murojaati asosida kitoblarni chop etish bozoridagi raqobat holatini oʻrgandi.
Maʼlum qilinishicha, “Yangi asr avlodi” MCHJ bilan shartnoma tuzgan muallif bir oz vaqt oʻtib, aynan shu asarlarni chop etish boʻyicha boshqa nashriyotlar bilan ham shartnoma tuzgan. Biroq, bundan “Yangi asr avlodi” MCHJni xabardor qilmagan.
Boshqa bir nashriyot Komil Sindarovning “Temuriylar kutubxonasining siri” asarini “Yangi asr avlodi” MCHJ avval nashr qilgan kitob muqovasi dizaynini aynan takrorlagan holda bosib chiqargan. Ushbu holatda ham asarni bosib chiqarishga muallif rozilik bergani aniqlangan.
Shuningdek, qator nomaʼlum nashriyotlar “Yangi asr avlodi” MCHJ tomonidan nashr etilgan baʼzi asarlarni oʻz nomini koʻrsatmagan holda yoki “YANGI ASR AVLODI” MCHJ nomini qoʻyib (uning roziligisiz) nashr qilgan va sotuvga chiqarilgan. Xususan, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Quyonlar saltanati”, “Mungli koʻzlar” asarlarining kontrafakt koʻrinishlarida “YANGI ASR AVLODI” MCHJ nomi qoʻyilgan boʻlsada, jamiyatning QR-kodi qoʻyilmagan.
Koʻrib chiqilgan ish yuzasidan raqobat qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan nashriyotga ushbu holatni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q