Jamiyat
Sankt-Peterburg-Samarqand yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan bortida 56 ta yoʻlovchisi boʻlgan “Aeroflot” aviakompaniyasi havo kemasi favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqida kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da yoʻlovchilardan birining (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi) salomatligi yomonlashgani va unga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarurligi sababli, Qozogʻistonning Qiziloʻrda aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchining yurak xastaligi xuruji alomatlari kuzatilgan. Shundan soʻng, ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportda qoʻndirishga qaror qilgan. Aeroportga qoʻngach, yoʻlovchi tez tibbiy yordam mashinasida malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da Samarqand aeroportiga kelib qoʻngan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q