Vazirlik oʻquv jarayonlarining anʼanaviy shaklga oʻtkazilishiga qoʻshimcha izoh berdi

Saqlash
21:00 / 03.02.2022 776 0

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab barcha taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu qarorga qoʻshimcha izoh berdi.

 

Unga koʻra, muassasalarida oʻquv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi.

 

«Talabalarga qulaylik yaratish, doimiy turar joylaridan taʼlim muassasalariga xavfsiz, tirbandliklarsiz yetib kelishlari, joylarda avia va temir yoʻl chiptalarini almashtirish, talabalar-turar joylari, ijara asosida yashaydigan talabalarning ortiqcha qiyinchiliklarsiz joylashishlarini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi. Shu davrda dars mashgʻulotlari bir vaqtning oʻzida ham masofaviy ham anʼanaviy shaklda olib boriladi.

 

Bu jarayon har bir oliy taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlari, oʻquv jarayonining hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Bu haqdagi maʼlumotlar har bir taʼlim maskanining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali berib boriladi», deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, vazirlik 24-fevraldan boshlab oʻquv yurtlarida taʼlim jarayonlari toʻliq anʼanaviy shaklda olib borilishini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//